Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Mahalla bankirlari va yordamchi agentlar uchun timbilding oʻtkazildi

18.07.2025
3 min

Joriy yilning 18-iyul kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan Yangiyoʻl shahrida mahalla bankirlari va yordamchi agentlar uchun timbilding tashkil etildi.

Xodimlarning jamoaviy ruhini mustahkamlash, ular oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbir ochilish marosimida bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov mahalla bankirlari faoliyatining ahamiyati, ularning fuqarolar hayotidagi ijobiy taʼsiri haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, Markaziy bank vakillari bilan oʻtgan muloqotda ishtirokchilar aholi gʻoyalarini amalga oshirish boʻyicha oʻzlarining kreativ tashabbuslari bilan boʻlishdi.

Faoliyati davomida eng yaxshi natijalarga erishgan mahalla bankirlari tomonidan ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslar Markaziy bank vakillari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.

Ishtirokchilar timbilding dasturi dorasida turli xil qiziqarli oʻyinlar va vazifalarni bajarish orqali jamoaviy ishlash koʻnikmalarini mustahkamladi, loyihalarni innovatsion yondashuvlar boʻyicha amalga oshirish borasida tajriba orttirdi.

Shuningdek, tadbir davomida “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” mobil ilovalari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda ushbu innovatsion yechimlar mahalla bankirlarining asosiy vazifalaridan biri boʻlgan aholi bandligini oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishi alohida taʼkidlandi.

Timbilding doirasida oʻtkazilgan oʻyinlar va mashqlar davomida xodimlarning ziddiyatli vaziyatdan chiqish, muammolarni hal etish va ijodiy fikrlash kabi qobiliyatlari yuqori baholandi.

Tadbir soʻngida har bir ishtirokchi sertifikat bilan taqdirlandi hamda eng faol va tashabbuskor mahalla bankirlari hamda yordamchi agentlariga sovrinlar topshirildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB xodimlarning jamoaviy ruhini mustahkamlash va ularning professional rivojlanishiga doimiy eʼtibor qaratib kelmoqda. Bank kelgusida ham bu kabi tadbirlarni tashkil etish va xodimlarning salohiyatini oshirishda davom etadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.