Mahalla bankirlari Urganchda birlashdi
Avval xabar berilganidek, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB oʻz xodimlarining jamoaviy ruhini mustahkamlash va ularning professional koʻnikmalarini oshirish maqsadida navbatdagi timbilding oʻtkazildi.
Urganch shahrida boʻlib oʻtgan tadbirda bankining 11 nafar mahalla bankiri va 32 nafar yordamchi agentlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar aniq maqsad sari intilishga undovchi va jamoaviy birdamlik ruhini shakllantirishga qaratilgan interfaol mashgʻulotlarda faol qatnashdi.
Qayd etish joizki, hududdagi mahalla bankirlari va yordamchi agentlarning saʼy-harakatlari bilan joriy yilning I yarim yilida 1 213 ta aholi va tadbirkorga 30 mlrd soʻm kredit ajratilib, 10 ming nafarga yaqin fuqaroning bandligi taʼminlandi. Ularning fidokorona mehnati tufayli yurtimizda tadbirkorlik rivojlanib, aholining farovonligi oshmoqda.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB mahalla bankirlarining faoliyatini doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.
Tadbir soʻnggida samarali faoliyat olib borgan mahalla bankirlari faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Mahalla bankiri — aholiga eng yaqin moliyaviy koʻmakchi!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Axborot xizmati bayonoti
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.