Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Mahalla bankirlari uchun timbilding tashkil etildi

11.07.2025
3 min

Joriy yilining 11 iyul kuni Farg‘ona shahrida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan mahalla bankirlari va agentlar uchun maxsus timbilding tashkil etildi. Timbilding 14 ta mahalla bankiri va 45 ta agentni birlashtirdi.

Ayni paytda respublika boʻyicha bankka biriktirilgan 653 ta mahallaga 234 ta mahalla bankiri va har bir mahalla uchun 653 ta yordamchi-agentlar jalb etilgan.

Fargʻona viloyatidagi 116 ta mahallada 33 ta mahalla bankiri va har bir mahalla uchun 116 ta yordamchi-agentlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Ishtirokchilar oʻzaro tanishish, tajriba almashish va oʻz hududlarida yanada samarali natijalar koʻrsatishga koʻmaklashuvchi interaktiv mashgʻulotlar orqali kasbiy koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Enerjayzer orqali tanishuv, jamoada ishlash, yagona maqsad atrofida birlashish, muammoli vaziyatlarda toʻgʻri yondashuvga erishish, xodimlarning ruhiyatini koʻtarish hamda oʻziga ishonchini mustahkamlashga qaratilgan interfaol mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga "Mening biznesim" va "Mening buyurtmam" mobil ilovalari haqidagi axborot  yetkazildi.

Mazkur ilovalar orqali mahallalarda aholi bandlik darajasini oshirishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar batafsil tushuntirildi.

Maʼlumot uchun, timbildingda Fargʻona va Margʻilon shaharlari hamda Bagʻdod tumanidagi mahalla bankirlari va agentlar ishtirok etdi.

"Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan viloyatda reja qilinayotgan navbatdagi  timbildingda boshqa  tumanlardagi  vakillar  ishtirok etadi.

Timbildingda Markaziy bank va Bosh bank vakillari ham ishtirok etgani mashgʻulotlarni yanada samarali oʻtkazish imkonini berdi. Faol ishtirokchilarga maxsus sertifikat va pul mukofotlari taqdim etildi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.