Loyihalarni boshqarishda Kanban usuli joriy etiladi
Biznesni rivojlantirish bankida loyihalar portfelini samarali boshqarish, vazifalarni optimallashtirish hamda strategik maqsadlarga erishishni yanada takomillashtirish maqsadida Kanban tizimini tatbiq etish rejalashtirilgan.
Ayni maqsadda joriy yilning 4-fevral kuni bankning Sergeli BXM binosida joylashgan O‘quv markazida Kanban tizimiga bag‘ishlangan seminar-trening boshlandi.
Loyihalarni samarali boshqarish va jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan mazkur seminarda Bosh bank departament direktorlari ishtirok etdi.
Seminar davomida rahbar xodimlar Kanban uslubining asosiy tamoyillari, jarayonlarni vizuallashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Seminar ishtirokchilari bilan birgalikda 5-7 va 10-fevral kunlari loyiha portfelini Kanban uslubida amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.