Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishida mashg‘ulot o‘tkazildi
2025 yil 11-iyul kuni Bank O‘quv Markazida “Liderlik va jamoani shakllantirish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot bank tizimida transformatsiya jarayonining samaradorligini oshirish, bankdagi tarikbiy tuzilmalar o‘rtasida, jumladan department direktorlari o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari o‘rtasida o‘zaro ishonch, maqsadli hamkorlik hamda jamoaviy ruxiyatni mustahkamlash orqali strategik g‘oyalarni yanada samarali amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
Unda tinglovchilar interaktiv mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, guruhda ishlash, keys-tahlil va bahs-munozaralar orqali real vaziyatlarda yetuk rahbar sifatida qaror qabul qilish, samarali muloqot olib borish, turli xarakter va tafakkurga ega hamkasblar bilan hamjihatlikda ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash sir asrorlarini o‘rgandi.
Biznesni rivojlantirish banki tizimida bu kabi treninglar muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.