Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha oʻquv mashgʻuloti

26.03.2025
3 min

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda preventiv mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bank Boshqaruvi korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va bu borada muntazam targʻibot tadbirlarini tashkil etishni oʻz oldiga asosiy vazifalardan biri sifatida belgilagan.

Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2025-yilning 26-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining malakali mutaxassislari bilan hamkorlikda bank xodimlari uchun oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining malakali mutaxassisi Safarov Temur halollik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik kabi muhim mavzularda ma'ruza qildi.

Mashgʻulotda Bosh bank xodimlari bevosita, hududiy boshqarmalar va bank xizmatlari ofislari xodimlari esa ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etdi.

Mazkur oʻquv mashgʻulotida Bosh bank, hududiy boshqarmalar va bank xizmatlari ofislarining barcha tuzilmalari xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik kabi muhim mavzular yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Mashgʻulot davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar va bu kabi tadbirlarning muntazam oʻtkazilishi korrupsiyaning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.

“Biznesni rivojlantirish banki” kelgusida ham korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va jamiyatda halollik muhitini yaratishga qaratilgan tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazishni rejalashtirgan.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.