Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi

18.04.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024 yil 18-aprel kuni bankning bosh ofisida amaliy o‘quv mashg‘ulotini tashkil etdi. Mashg‘ulotda bankning bosh ofisi xodimlari bilan birga, hududiy tarkibiy tuzilmalar vakillari ham Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotida mutaxassislar – Yuristlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagoglar markazi katta o‘qituvchisi Z.Rahmonov va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruv kengashi a’zosi, Komplaens nazorati departamenti direktori J.Yusupovlar quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildi:

• Yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirishning ahamiyati va zarurati;

• Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar, jumladan, korrupsiyani oldini olish, aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish;

• “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimidagi rahbar va xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi shaxsiy mas’uliyatlari va rolini oshirish.

Tadbir doirasidagi mashg‘ulotlarda barcha xodimlar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Ushbu treninglar bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashda xodimlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, bankning halollik, shaffoflik va adolat tamoyillariga sodiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.