Konstitutsiya kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun . “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda ushbu sana munosabati bilan “Konstitutsiya – inson, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida huquqiy-ma’naviy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oybek Voxidov ochib, Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, har bir fuqaro huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi oliy huquqiy kafolat sifatidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
U Bosh qonunimizda mustahkamlangan erkinlik, tenglik va adolat tamoyillari bank faoliyatining ham asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishini qayd etdi.
Bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov o‘z ma’ruzasida Konstitutsiyaning davlat boshqaruvi, jamiyat hayoti va inson qadr-qimmatini yuksaltirishdagi o‘rni, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash borasidagi beqiyos ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir mehmoni — O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi sudyasi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Akmal Rahmonov esa Bosh qomusimizda mustahkamlangan demokratik qadriyatlar, qonun ustuvorligini ta’minlash va adolatni qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U, shuningdek, Konstitutsiyaning amaliy hayotdagi qo‘llanilishi davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladi.
Bank Yuridik departamenti direktori Alimjon Nazarov o‘z nutqida bank tizimida qonuniylikni ta’minlash, mijozlar manfaatlarini himoya qilish, shaffof va mas’uliyatli korporativ boshqaruvni yo‘lga qo‘yishda Konstitutsiyada belgilangan huquqiy tamoyillar muhim asos bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.
Shuningdek, tadbir davomida xodimlar Konstitutsiyani chuqur o‘rganish, uning normalarini kundalik mehnat jarayonida qo‘llash, jamiyat rivojiga hissa qo‘shish va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir bank jamoasining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, Konstitutsiyaning amaliy ahamiyatini chuqur anglash va davlatimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
Barcha yangiliklar
“Milliy libos – millat iftixori” chellenji poytaxtda
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.