Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Komplaens nazorat xodimlarning malakasi oshirildi

29.07.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Kopmlaens nazorat departamenti xodimlari uchun Markaziy bank, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va huquq tartibot organlari mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 24-26-iyul kunlari oʻtkazilgan seminarlarda ishtirokchilar banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish yuzasidan milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlariga oid yangi bilimlarga ega boʻldi.

Ushbu oʻquv-seminarda Markaziy bank, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, CERT-CBU kiberxavfsizlik markazi, Bojxona qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentlining tajribali mutaxassislari oʻz yoʻnalishlarida maʼruza qildi va taqdimotlar o‘tkazdi.

Shuningdek, oʻquv kursi davomida Komplaens nazorat departamenti xodimlari ishtirokida “Biz – korrupsiyaga karshimiz” mavzusida davra suxbati oʻtkazildi. Davra suhbatida korrupsiyaning jamiyatga va bank imijiga salbiy tasiri boʻyicha fikr almashildi. Ularga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi qabul qilingan qaror va farmonlar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Oʻquv kursi soʻnggida xodimlarning olgan bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida test sinovlari oʻtkazildi. Seminarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan xodimlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.