Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Kichik va o‘rta biznes uchun muhim choralar belgilandi

02.04.2025
9 min

Kichik va o‘rta biznesning jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi yangi biznes tashabbuslarni amalga oshirishga ko‘maklashish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan yangi tashqi bozor segmentlariga chiqishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025-yil 19-mart kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-50-son farmoni qabul qilindi.

 Mazkur farmon bilan quyidagilar 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:

(a) kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda — 34 foizga, eksportda — 34 foizga va aholi bandligini ta’minlashda 75 — foizga yetkazish;

(b) kamida 600 nafar kichik va o‘rta biznes subyektlarining yiriklashishiga ko‘maklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;

(v) ichimlik va oqova suv, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini kamida 2 baravarga oshirish;

(g) 100 nafardan ko‘p ishchisi bor tadbirkorlik subyektlari sonini 4 mingga yetkazish;

(d) Sanoatni jadal rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish hisobiga kamida 100 ta kichik va o‘rta biznes subyektlarida brend mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

(e) kichik biznes subyektlari ishtirokida kamida 200 ta startap loyihalarni amalga oshirish;

(j) uzoq muddatli ijaraga berilgan 30 ming gektar ekin yer maydonida yuqori daromadli ekinlarni yetishtirish, 16 ta ixtisoslashgan agrokompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda 9 ta zamonaviy agrosanoat xo‘jaligini tashkil qilish.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun yangi mexanizmlar

 Shuningdek, farmonga muvofiq 2025-yil 1-maydan boshlab “o‘zini o‘zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o‘rta biznes — yirik korxona” zanjiri asosida tadbirkorlik subyektlarining yiriklashuvini rag‘batlantirish bo‘yicha quyidagi mexanizmlar joriy joriy etiladi:

(a) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi;

(b) o‘z faoliyatini tegishincha yakka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida — 150 million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi;

(v) o‘z faoliyatini tegishincha o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga — bir yil davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) yetti kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 120 trillion so‘m, shu jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 22 trillion so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi” doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes subyektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o‘rniga qo‘shimcha ravishda 10 mln so‘mdan, 10 va undan ko‘p bunday ish o‘rinlarini tashkil qilgan subyektlarga 100 mln so‘mgacha 3 yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Tez va yuqori sur’atlarda o‘sayotgan tadbirkorlik subyektlarini “chempion” tadbirkorlarga aylantirish dasturi (Dastur) amalga oshiriladi.

“Chempion” tadbirkorlar ro‘yxatiga quyidagi mezonlarga javob beradigan tadbirkorlik subyektlari kiritiladi:

(a) tuman (shahar) darajasida — har bir tuman (shahar)da kamida 2 tadan yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan va 50 tadan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik subyektlari;

(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida — har bir hududda kamida 5 tadan yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan va 500 tadan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik subyektlari;

(v) respublika darajasida — yillik aylanmasi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan va 5 mingdan ortiq ish o‘rnini yaratgan tadbirkorlik subyektlari.

2025-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e’lon qilinadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi, “UzVS” milliy venchur fondi, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bilan birgalikda:

(a)  2026-yil yakuniga qadar venchur jamg‘armalar ishtirokida yangi biznes yo‘nalishlarida kamida 200 ta startap loyihalarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;

(b) muvaffaqiyatli amalga oshirilgan har bir startap loyiha natijasida yaratilgan yangi turdagi mahsulotlar va xizmatlarni texnik reglamentlar hamda standartlarga kiritish orqali ularning davlat xaridlari tizimida sotilishini yo‘lga qo‘yadi;

(v) “UzVS” milliy venchur fondi huzurida Startap loyihalarni muvofiqlashtirish markazini tashkil etadi.

Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kengash (S. Annaklichev) “Uzagrostar xolding” kompaniyasi bilan birgalikda 2025-yilda:

(a) xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish zanjirini qamrab olgan 9 ta zamonaviy agrosanoat majmualarini tashkil etsin hamda ular yordamida kamida 10 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari brendini yaratadi;

(b) agrosanoat majmualari faoliyatiga ko‘maklashish va hamrohlik qilish uchun xorijiy davlatlardan tajribali agrotexnolog, marketolog, brend-menejer kabi mutaxassislarni jalb qiladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.