Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Bank kichik biznesga faol ko‘maklashmoqda

25.02.2025
6 min

Joriy yilning 25-fevral kuni “Biznesni rivojlantirish banki” – kichik biznes tayanchi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda bank Boshqaruvi aʼzolari, bank tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

2024-yilda erishilgan natijalar

Matbuot anjumanida bank tomonidan kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida erishilgan natijalar va 2025-yildagi rejalar haqida axborot berildi. Xususan, 2025-yil 1-yanvar holatiga, bankning kredit qoʻyilmalari 22 trln. 530 mlrd. 800 mln. soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 730 mlrd. 200  mln. soʻmga yoki 3,3 foizga oʻsishiga erishilgan.

“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 49 160 nafar tadbirkorga 4 trln. 835 mlrd. soʻmlik, shu jumladan, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 17 676 nafar tadbirkorga 1 trln. 737 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.

Koʻrsatilgan moliyaviy koʻmaklar natijasida oʻzini-oʻzi band qilgan 18 288 nafar jismoniy shaxslardan 12 783 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va  5 505 nafari yuridik korxona maqomini oldi.

Dasturda ishtirok etgan 16 738 ta yakka tartibdagi tadbirkorlardan 1 100 nafari masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

“Biznesni rivojlantirish banki”ga biriktirilgan 649 ta mahallalarda 2024-yilda jami 1 trln. 500 mlrd. soʻm kredit ajratilgan. Natijada 473 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan 70 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 403 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.

“Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 3 992 ta moliyaviy paketlar, shu jumladan, 21 ming 800 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 672 mlrd. soʻm kredit ajratildi. Natijada 40 102 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

“Uychi tajribasi” asosida 2024-yilda 608 ta uchrashuvlar oʻtkazilib, 6 900 ta murojaatlar koʻrib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 12 600 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Oʻtgan yilda xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 18 866 nafar  ayollarga 919 mlrd. 800 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. “Biznesni rivojlantirish banki”ga biriktirilgan mahallalarda 1868 nafar ayol tadbirkorlarga 122 mlrd 900 mln. soʻm miqdorida bank krediti yoʻnaltirildi. Buning samarasi oʻlaroq, 3 862 ta yangi ish oʻrinlari vujudga keldi.

2024-yil davomida bank tomonidan ajratilgan kreditlar tarmoqlar kesimida:

  • sanoatga   1 trln. 105 mlrd. 87 mln. soʻm;

  • qishloq xoʻjaligiga      420 mlrd 57 mlrd. soʻm;

  • qurilish sohasiga 556 mlrd 42 mln. soʻm;

  • savdo va umumiy ovqatlanishga     1 trln. 67 mlrd. 61 mln. soʻm;

  • transport va kommunikatsiya sohasiga 77 mlrd. 48 mln. soʻm;

  • boshqa sohalarga 1 trln. 384 mlrd. 49 mln. soʻmni tashkil etdi.

Umuman olganda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2024-yilda  7 trln. 300 mlrd. soʻm kredit ajratildi.

2025-yildagi rejalar

Matbuot anjumanida bank 2025-yilda oʻz oldiga yanada yuksak marralarni qoʻygani qayd etildi.

2024-yilning16-dekabr kuni davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlar asosida, bank biznesni moliyalashtirish va aholini kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan ishlarni yanada faollashtirmoqda.

Xususan, “Biznesni rivojlantirish banki”  tomonidan respublika boʻyicha 229 ta “Mahalla bankiri” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida “Mahallada biznes” va “Mahalla bankiri” kredit mahsulotlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Bu yoʻnalishda olib borilayotgan chora-tadbirlar aholini tadbirkorlikka jalb qilishga va xududlarda kichik biznesni rivojlantirishga hissa boʻlib qoʻshiladi.

Joriy yilda bank tomonidan barcha manbalar hisobidan 10 trln. 400 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratish reja qilingan.

Jumladan, “Biznesga birinchi qadam” mahsuloti orqali 300 mlrd. soʻmdan ortiq, “Mahallada biznes” mahsuloti orqali 150 mlrd. soʻmdan ortiq kredit ajratishi maqsad qilingan.

Mahallabay ishlash tizimi doirasida 279 ming nafar aholi bandligini taʼminlash koʻzda tutilmoqda. Bunda 115 ming nafar aholi doimiy ishga joylashtiriladi va 164 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilinadi.

Joylarda 1 300 ta uchrashuvlar oʻtkazilib, 25 900 ta mikroloyihalar amalga oshiriladi va dasturlar doirasida 1 trln. 400 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratish taʼminlanadi.

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.