Kichik biznes vakillari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida kichik biznes vakillari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Nukus va Urganch shaharlarida, shuningdek, Beruniy tumanida tashkil etilgan muloqotlar davomida "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturi doirasida joriy etilgan moliyaviy instrumentlar muhokama qilindi. Tomonlar biznes loyihalarni moliyalashtirish, tadbirkorlikni hududlarda yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuvlarda bank rahbariyati tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar, kreditlash shartlari, mavjud imtiyozlar va bank xizmatlari haqida batafsil ma'lumot berdi.
Tadbirkorlar o'z navbatida bank xodimlariga biznesni rivojlantirishda duch kelayotgan muammolar va takliflarni bildirdilar. Muloqotlar ochiq va konstruktiv ruhda o'tdi.
"Biznesni rivojlantirish banki" kichik biznesni qo'llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini va bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan yaqin aloqani o'rnatish va ularning ehtiyojlarini aniqlashda muhim rol o'ynashini ta'kidladi. Bank kelgusida ham hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo'llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.