Kasaba uyushmalari kuni nishonlandi
“Biznesni rivojlantirish banki”da 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘nggi yillarda kasaba uyushmalari faoliyatini yanada rivojlantirish, xodimlar uchun qulay mehnat va ijtimoiy muhitni yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
El sevgan sanʼatkorlar va shoirlar chiqishlari davraga ko‘tarinki ruh, cheksiz shodlik va birdamlik muhitini olib kirdi. Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri — kulgu ustasi Avaz Oxunning chiqishi bo‘ldi.
Avaz Oxun o‘ziga xos yumori, muloyim hazillari va hayotiy sahnalari bilan barcha ishtirokchilarga quvonch va iliq kayfiyat ulashdi. Uning chiqishi tomoshabinlar bilan jonli muloqoti tadbirga haqiqiy bayramona ruh qo‘shdi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
BRB Kasaba uyushmasi raisasi "Kasaba ishonchi" tanlovi g'olibi bo‘ldi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.