Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Jurnalistlar mahalla bankirlari faoliyati bilan tanishdi

13.03.2025
4 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Farg‘ona viloyatiga tashkil qilingan press-turning ikkinchi kunida mahalla bankirlari faoliyati natijalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-18-sonli Farmoniga koʼra, mamlakat bo‘ylab “dolzarb bir oylik” eʼlon qilindi. Ushbu tadbir doirasida mahalla bankirlari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, har bir mahallada yetishtiriladigan mahsulot turlarini belgilash va qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish, kambag‘al oilalarga moliyaviy ko‘mak paketlarini (issiqxonalar, parranda, baliq, chorva mollari, asalarichilik uskunalari, limon, xurmo va boshqa ekish materiallari) yetkazib berish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida mikroloyihalar amalga oshirish kabi bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, viloyat bo‘yicha Bisnesni rivojlantirish bankiga jami 116 ta mahalla biriktirilgan bo‘lib, ular uchun 36 ta mahalla bankiri va 116 ta mahalla agenti jalb qilingan.

Buvayda tumanidagi “Tepalik” MFYda yashovchi fuqaro Sattorova Shaxnozaxon xonadonidagi issiqxonada yetishtirilayotgan qulupnay ushbu xonadon daromadlarini oshirish bilan birga, oila a’zolarining doimiy bandligini ham ta’minlashga xizmat qilmoqda. Mahalla bankiri ishtirokida ajratilgan 30 mln so‘mlik kredit issiqxona faoliyatini yanada barqaror yuritishga xizmat qildi va ikkita rasmiy ish o‘rni yaratildi.

Tumanning ushbu hududida dehqon xo‘jaliklari tomonidan tashkil etilgan sholg‘om yetishtirish tajribasi “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.

Bu manzilda 25 ta oilaga dehqonchilik uchun yer ajratilib, jami 150 mln so‘m kredit berilgan. Shu kabi loyiha tumaning “Jov” MFY hududida ham amalga oshirilmoqda. Bu yerda dehqonlar tomonidan Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida sabzi yetishtirilmoqda. Ushbu ikki loyiha orqali oilalarning 50 nafarga yaqin a’zolari mavsumiy bandligi ta’minlangan.

Press-tur dasturiga muvofiq, so‘nggi manzil tumanning “Alqor” MFY hududida joylashgan va “Bastom buva sihatgohi” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy dam olish maskani bo‘ldi.

Umumiy loyiha qiymati 8 mlrd so‘m bo‘lib, shundan 1 mlrd so‘mi bank krediti hissasiga to‘g‘ri keladi. Bir yilda 4,5 ming nafar dam oluvchiga xizmat ko‘rsatish quvvati yaratilgan manzilda 15 ta doimiy ish  o‘rni yaratigan.

Umuman olganda, Press-tur davomida jurnalistlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB qo‘shayotgan amaliy hissa, tatbiq qilinayotgan loyihalar hisobiga yaratilayotgan qo‘shimcha daromad manbalari va ish o‘rinlari bo‘yicha erishilayotgan salmoqli natijalarning bevosita guvohi bo‘ldilar.

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.