Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Jurnalist, bloger va jamoatchilik faollari bilan muloqot

06.03.2025
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari” mavzusida media-muloqot o‘tkazildi.

Ma’lumki, joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi.

Jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek yuridik shaxslarning banklardagi omonatlarini kafolatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilingan mazkur hujjat mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka to‘g‘ri yetkazish va omonatga doir bank mahsulotlarini samarali targ‘ib qilishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu maqsaddagi tadbirlar davomi o‘laroq, bugun bank bosh ofisiga yurtimizdagi nufuzli OAV vakillari bo’lgan bir guruh jurnalistlar, bloger va jamoatchilik faollari taklif etildi.

“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari” mavzusida o‘tkaziladigan media-muloqot ishtirokchilari mavzu yuzasidan ma’ruza shaklida emas, erkin fikr almashish tarzida o‘z qarashlarini bayon qilishdi, savollariga javoblar olishdi.

Qayd etildiki, mazkur Qonun hujjati yurtimiz banklari va mijozlar orasidagi munosabatlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.

Muloqot davomida ushbu fikrning huquqiy va amaliy asoslari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi. Yig‘ilganlarga bankning omonatga doir xizmatlari, odamlarning bankka bo‘lgan ishonchini oshirish hamda mazkur Qonun talablarini amaliyotga tatbiq qilish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.