Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Jarqo‘rg‘on bank xizmatlari markazida milliy libos chellenji

26.09.2025
2 min

Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tashkil etilgan “Milliy libos – millat iftixori” chellenji izchil davom etmoqda.

Navbatdagi tashabbus tadbiri Jarqo‘rg‘on bank xizmatlari markazida o‘tkazildi. Unda bank xodimlari milliy liboslarda faol ishtirok etib, milliy urf-odat va qadriyatlarni namoyish etdilar.

Mazkur chellenj nafaqat xodimlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, balki milliy o‘zligimizni e’zozlash, yoshlar ongida an’analarimizni qadrlash g‘oyasini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” ushbu tashabbus orqali milliy liboslarni zamonaviy hayotga uyg‘unlashtirish, ularni nafaqat madaniy meros sifatida, balki kundalik hayotimizning ajralmas qismi sifatida targ‘ib etishni maqsad qilgan.

Bank tomonidan chellenj doirasidagi tadbirlar bosqichma-bosqich boshqa hududiy filiallarda ham davom ettiriladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.