"Innovation Capabilities Program" (ICP) grant dasturi boʻyicha seminar tashkil etildi
Joriy yilning 28-noyabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Sergeli bank xizmatlari markazida “Innovation Capabilities Program” (ICP) grant dasturida ishtirok etayotgan tadbirkorlar uchun mazkur grant shartlarini tushuntirish boʻyicha seminar tashkil etildi.
Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (“MUNIS”) loyihasini amalga oshirish guruhi mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-sonli qarorga asosan bank “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish va doimiy takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.
Shundan kelib chiqqan holda, bank kichik va o‘rta biznes sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning innovatsion salohiyatini oshirish, ichki, mintaqaviy va jahon bozorlarida o‘z imkoniyatlarini takomillashtirish uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Xususan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi bilan hamkorlikda mikro, kichik va o‘rta biznes vakillarining innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jahon banki bilan hamkorlikda “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida kichik va o‘rta biznes subyektlari bo‘lgan tashabbuskorlarning loyihalarini amalga oshirish uchun 50 ming dollargacha grantlar ajratish loyihasini e’lon qilingan edi.
Dasturning birinchi bosqichida 190 ta loyiha kelib tushib, ulardan 96 ta loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi. Mazkur seminar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tanlov g‘oliblarining mazkur loyihalarini ishga tushurishga ko‘maklashish maqsadida onlayn va oflayn formatlarda tashkil etildi.
Seminarda asosiy ma'ruzachilar sifatida iqtisod fanlari magistrlari Imamkulova Baxitkul Borisovna, Filimonova Ekaterina Andreevna, falsafa fanlari nomzodi Jeleznov Andrey Sergeyevich hamda “Audit-Buxxisobod” bo‘yicha mutaxassislar ma’ruza bilan ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan ICP dasturlari, loyihalarni to‘g‘ri yuritsih bo'yicha taqdimot va mavzular qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Seminarlarning yakuniy qismida savol-javoblar o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ma’lumot uchun: ICP dasturlarining maqsadi kichik va o'rta korxonalarga (KO‘K) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqishga imkon berishdir, bu ularga ichki, mintaqaviy va global bozorlarda kengayish imkonini beradi.
Мazkur dasturning ikkinchi bosqichiga hujjatlarni qabul qilish muddati 7 dekabr kuni yakunlanadi.
Mashg‘ulotlar ikki kun davom etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.