Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” V xalqaro sanoat koʻrgazmasida kelishuvlarga erishildi

30.04.2025
3 min

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 14-fevraldagi Farmoniga asosan, Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengash tashkil etilib, tashqi bozorlarda barqaror talabga ega qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining milliy brendlarini yaratish va sifatini oshirish orqali eksport hajmi va geografiyasini kengaytirish va masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ixtisoslashgan kompaniyalarni tashkil etish uning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” V xalqaro sanoat koʻrgazmasida ishtirok etib bir qator xorijiy korxonalar bilan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini milliy brend ostida xalqaro bozor rastalariga olib chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishdi.

Toshkent shahridagi “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida boʻlib oʻtayotgan mazkur koʻrgazmada Rossiya, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 10 mingdan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda. 

 “Uzagrostar xolding” kompaniyasi taʼsischiligida tashkil qilingan 16 ta ixtisoslashgan jamiyatlar va loyiha ofislari ham 40 turdan ortiq mahsulotlarning quritilgan va xoʻl holatdagi namunalari (tayyor qadoqlangan holatda) bilan koʻrgazmada ishtirok etmoqda. Koʻrgazmaga qoʻyilgan mahsulotlar ishtirokchilar oʻrtasida katta qiziqishlar uygʻotdi.

Pirovard natijada, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, "Magnit brendi" va “GRT Sonsulting” MCHJ kompaniyalari oʻrtasida memorandum imzolandi. Mazkur hujjatga koʻra kelgusida strategik sheriklik, agroagregatorlar orqali mahsulot yetishtiruvchilarning mahsulotlarini milliy brend ostida savdo tarmogʻi rastalariga chiqarishga kelishib olindi. Shu bilan birga, mahsulotlarni markazlashgan holda agroagregatorlar orqali sotish tizimini yoʻlga qoʻyish taklifi ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari “Magnit” brendi vakillari Yangiyoʻl tumanida “Temirlan Marketing” xorijiy korxonasi binosida mahalliy eksportyorlar bilan uchrashuv ham oʻtkazdi. Muzokaralar davomida tomonlar oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishdi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.