Ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha iqtisodiy oʻquv-mashgʻuloti
Joriy yilning 19-noyabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki”da ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha iqtisodiy oʻquv-mashgʻuloti oʻtkazildi.
Unda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi professori, yuridik fanlari doktori Doniyor Rahimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq, ijro intizomini mustahkamlash” mavzusida maʻruza qildi.
D.Rahimov davlat idoralari va tashkilotlarida, shu jumladan tijorat banklarida Prezident va Hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda masʼul rahbar va ijrochi xodimlar professional yondashuvining ahamiyati haqida tushunchalar berdi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 16-oktabr sanasida ham ayni mavzudagi seminar oʻtkazilgan edi.
Oʻquv-mashgʻulotining ikkinchi qismida bank tizimida meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
Ochiq muloqot: muammolar yechimi va bandlikni taʼminlash omili
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.