ICT Week Uzbekistan 2025: BRB-TECH raqamli yechimlar taklif etmoqda
O‘zbekistonda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalarga raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi boshqaruv va xizmat koʻrsatishni optimallashtirish, “SMART” loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Joriy yilning 23-sentabr kuni oʻz ishini boshlagan ICT Week Uzbekistan 2025 informatsion texnologiyalar koʻrgazmasida mazkur yoʻnalishdagi jarayonlarning bugungi yutuqlari va istiqbollari namoyish etilmoqda.
Nafaqat mahalliy, balki xalqaro kompaniyalar uchun ham tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalar namoyish etish va hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platformaga aylangan mazkur haftalikda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB shuʻba korxonasi “BRB-TECH” kompaniyasi ham ishtirok etmoqda.
Kompaniya stendida bank va biznes jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan asosiy ishlanmalar taqdim qilindi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan raqamli yechimlar, xususan:
- “Mening Biznesim” – O‘zini-o‘zi band qilgan kasb egalariga yangi daromad manbai;
- “Biznes 24/7” – kichik va o‘rta biznes uchun masofaviy bank xizmatlari tizimi;
- “Kredit Monitoring va erta ogohlantirish signalari” – kredit portfelini nazorat qilish va xavf haqida erta ogohlantirish tizimi;
- Onlayn faktoring platformasi – savdo moliyalashtirishda biznesni qo‘llab-quvvatlash vositasi;
- “Mening Tomorqam” – tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari uchun mo‘ljallangan maxsus platforma;
- AI laboratoriya – sun’iy intellekt asosida yangi yechimlarni yaratish va test qilish markazi;
- RPA (Robotic Process Automation) – bank jarayonlarini robotlashtirish orqali samaradorlikni oshirish loyihalari si tadbir mehmonlari va ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.
“BRB-TECH” MCHJ tomonidan taklif etilayotgan raqamli xizmatlar nafaqat biznes jarayonlarni tezlashtiradi, balki tadbirkorlar, tomorqa yer egalari va kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
“BRB-TECH”ning ICT Week Uzbekistan 2025dagi ishtiroki innovatsion ishlanmalarning keng auditoriyaga taqdim etilishi, bank brendining raqamli transformatsiya yetakchisi sifatida mustahkamlanishi hamda yangi mijoz va hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatilishiga xizmat qilmoqda.
“BRB-TECH” – bank sektori, kichik va o‘rta biznes uchun kompleks raqamli platformalar yaratishga ixtisoslashgan innovatsion IT-kompaniya. Kompaniya “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ning raqamlashtirish strategiyasini amalga oshirishdagi asosiy hamkori hisoblanadi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Masofaviy xizmatlar kengayib bormoqda

Diqqat, brifing!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.