Hududiy boshqarma boshliqlari uchun maxsus seminar-trening
Qashgqadaryo viloyatining Miraki dam olish maskanida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning hududiy boshqarma boshliqlari va boshqaruvchilar uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarni mustahkamladilar:
🔹 boshqaruv psixologiyasi va lider taʼsiri;
🔹 nizolarni bartaraf etish va jamoada birdamlikni taʼminlash;
🔹 stress va toliqishning oldini olish;
🔹 samarali muloqot orqali ochiq muhit yaratish.
Tadbir davomida amaliy mashqlar va psixologik testlar o‘tkazilib, taniqli psixolog, psixologiya fanlari nomzodi Sh.F. Mustafoyeva tomonidan foydali tavsiyalar berildi.
Maqsad: “Biznesni rivojlantirish banki” rahbarlarining samarali boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamoaviy ishda barqarorlik va birdamlikni taʼminlashdan iborat.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
“Milliy libos – millat iftixori” chellenji davom ettirildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.