Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!

20.05.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” shiori ostida kitob yarmarkasi o‘tkazildi.

Joriy yil 19-may kuni bosh bankning 1-qavatida bo‘lib o‘tgan tadbirda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan rang-barang va qiziqarli bolalar adabiyotlari, jumladan, ertaklar, hikoyalar, qiziqarli ensiklopediyalar va boshqa ko‘plab kitoblar taqdim etildi.

Bolalarni himoya qilishga qaratilgan mazkur xayrli tashabbus bank xodimlari tomonidan iliq kutib olindi.

Ushbu kitob yarmarkasi farzandlar uchun ajoyib va foydali sovg‘alar berish, ularni kitob olamiga sayohatga chorlash, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini rag‘batlantirish imkoniyatini berdi.

Darhaqiqat, bank xodimlari farzandllari uchun munosib sovg‘a olish uchun qulay fursatdan unumli foydalandi. Ular farzandlarining bilimini oshirish va yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida eng sara bolalar kitoblarini xarid qildi.

Biznesni rivojlantirish banki kitob yarmarkasi orqali farzandlarimizning kelajagi uchun muhim qadam tashladi. Kitob – bilim manbai, kelajagimiz bunyodkorlarining muhim tayanchi!

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.