Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Farg‘onaga press-tur uyushtirildi

12.03.2025
5 min

Bank tomonidan joriy yilning 12-13-mart kunlari Farg‘ona viloyatiga Press-tur tashkil qilindi.  

Mazkur tadbir 2024-yil 16-dekabr kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishida yangicha yondashuvlar joriy etilishiga oid tashabbus natijasida hududlarda tijorat banklari tomonidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Mahalla bankirlari”ning dastlabki amaliy natijalari hamda ular tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda viloyatda bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning amaliy natijalari bilan OAV vakillari va ular orqali keng jamoatchilikni bevosita tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Ayni paytda Farg‘ona viloyatida “Bisnesni rivojlantirish banki” ATBning 1 ta Bank xizmatlari ofisi, 2 ta 1-toifali, 3 ta 2-toifali Bank xizmatlari markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 6 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi mavjud bo‘lib, ular orqali viloyatda jami  121 300 nafarga yaqin  jismoniy hamda  11 200 nafardan ortiq yuridik shaxsga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Ishtirokchilar Press-turning ilk kunini Farg‘ona shahri, “Surxtepa” MFYda istiqomat qiluvchi Po‘latov Ulug‘bek xonadonidan boshladi. Ushbu manzilda fuqaro tomonidan o‘z hovlisida bank ko‘magi bilan 8 sotixga issiqxona barpo etilgan. Unda bodring va bulg‘or qalampiri yetishtirilmoqda. Mahalla bankiri tomonidan mavjud imkoniyatlar o‘rganilib, yana qo‘shimcha issiqxona qurish maqsadida “Mahalla bankiri” mikroqarzi ajratilishi bo‘yicha tegishgli choralar ko‘rilmoqda.

Shundan so‘ng, ushbu hududdagi bank mijozi – “Xayrixon kamol orzu” oilaviy korxonasi tomonidan ayollar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishildi.

Mazkur loyiha uchun bank tomonidan 100 mln so‘m miqdorida kredit ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan 15 ta ish o‘rni yaratilgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 800 mln so‘mni tashkil qiladi va 1 yilda 7 ming dona sifatli ayollar oyoq kiyimlari ishlab chiqariladi.

OAV vakillari bankning  mazkur mahalladagi yana bir  mijozi fuqaro Baxromov Аlisher xonadonida tashkil etilgan “Turizm maskani” faoliyati bilan tanishtirildi.

Bu yerda oilaviy dam olish maskani tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning umumiy qiymati 500 mln so‘mni tashkil qiladi va 1 yilda 1 200 ta mehmonga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Asosiysi, 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Bankning yana bir mijozi – “Yevey shoes” MChJ Press-tur ishtirokchilarining navbatdagi manzili bo‘ldi. Korxona tomonidan “Oyoq kiyimlar” ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur loyiha uchun bank tomonidan 500 mln so‘m miqdorida kredit ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan 10 ga yaqin doimiy ish o‘rni yaratilgan. Ular  1 yilda 9,5 ming dona sifatli oyoq kiyimlari ishlab chiqaradi.

Farg‘ona shahrida joylashgan “BESH BOLA BETON” MJCh tomonidan qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihasi press turning ilk kuniga mo‘ljallangan dasturning oxirgi manzili bo‘ldi.

Loyiha umimiy qiymati 10 mlrd so‘m bo‘lgan korxona tomonidan sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. Bank tomonidan mazkur loyihaga 5 mlrd so‘m kredit ajratilgan va natijada 15 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Jurnalistlar bank mijozlari uchun sharoitar bilan bevosita tanishish jarayonida ulardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Bank axborot xizmati

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.