Farg'onada tanlov g‘oliblari taqdirlandi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
2024-yil 7-avgust kuni Farg'ona shahrida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlovning viloyat bosqichida tuman va shaharlardan jami 41 nafar tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining biznes loyihalari bilan qatnashdi. Ular orasidan belgilangan baholash mezonlari asosida 1, 2, va 3-o‘rinlarga munosiblar aniqlandi.
“MINDON MAVLUDAXON TA'M PISHIRIQLARI” oilaviy korxonasi 1-o‘rinni;
“GRAN KUCH TEKSTIL” mas'uliyati cheklangan jamiyati 2-o‘rinni;
“FER STARCH” mas'uliyati cheklangan jamiyati 3-o‘rinni qo‘lga kiritib sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.