Faktoring xizmatlari boʻyicha axborot berildi
Joriy yilning 19-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda koʻrsatilayotgan Faktoring xizmatlari” mavzusida brifing oʻtkazildi. Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov jamoatchilikka mavzu yuzasidan axborot berdi.
Xususan, 2024-yil 12-avgustda qabul qilingan “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-109-son Farmon ijrosi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan taklif etilayotgan faktoring xizmatlari va ularning shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qayd etilganidek, “Biznesni rivojlantirish banki” oʻz qadriyatlari va tajribasiga tayangan holda, yangicha raqobat maydonida faol harakatlanmoqda.
Ayni vaqtda bank tomonidan tadbirkorlik subyektlariga “REGULAR FACTORING” va “REVERSE FACTORING” xizmatlari taklif etilmoqda.
“REGULAR FACTORING” xizmatida tadbirkorlik subyektlariga beriladigan faktoring summasi quyidagicha:
Kichik biznes subyektlari uchun – 1 mlrd soʻmgacha;
Oʻrta biznes subyektlari uchun – 5 mlrd soʻmgacha;
Korporativ biznes subyektlari uchun – 10 mlrd soʻm.
Ushbu xizmatda diskont summasi quyidagicha:
30 kungacha – faktoring summasining 2,5 foizi miqdorida;
60 kungacha – faktoring summasining 5,0 foizi miqdorida;
90 kungacha – faktoring summasining 7,5 foizi miqdorida;
120 kungacha – faktoring summasining 10,0 foizi miqdorida.
“REVERSE FACTORING” xizmatida tadbirkorlik subyektlariga beriladigan faktoring summasi quyidagicha:
- Kichik biznes subyektlari uchun – 1 mlrd soʻmgacha;
- Oʻrta biznes subyektlari uchun – 3 mlrd soʻmgacha;
- Korporativ biznes subyektlari uchun – 7 mlrd soʻmgacha.
Shuni eslatib oʻtish joizki, “REVERSE FACTORING” xizmati tadbirkorlik subyektining oxirgi 12 oydagi jami daromadi summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda koʻrsatiladi.
Ushbu xizmatda diskont summasi quyidagicha:
30 kungacha – faktoring summasining 3,0 foizi miqdorida;
60 kungacha – faktoring summasining 5,5 foizi miqdorida;
90 kungacha – faktoring summasining 8,0 foizi miqdorida;
120 kungacha – faktoring summasining 10,0 foizi miqdorida.
Mazkur xizmatlar haqidagi batafsil maʼlumotlarni “Biznesni rivojlantirish banki”ning www.brb.uz veb-saytidan va 1254 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.
Hozirda hududlarda tadbirkorlarning faktoring xizmatlari haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar bankimiz tomonidan jami 24 ta mijozga 23 mlrd soʻmdan ortiq faktoring mablagʻlari ajratib berildi.
Xulosa oʻrnida aytishimiz mumkinki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB davlatimiz rahbarining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosida faol ishtirok etishga intilmoqda.
Bu boradagi erishilayotgan moliyaviy natijalar haqida keyingi chiqishlarimiz orqali maʼlumot taqdim etib boramiz.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.