Eng faol tadbirkorlar taqdirlandi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida “Eng yaxshi tadbirkor” Respublika koʻrik-tanlovi eʼlon qilingan edi.
2024-yil 13-sentabr kuni koʻrik-tanlovning Respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
So‘nggi yillarda yurtimizda aholining tadbirkorlik faoliyatini manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga olib chiqildi. Xususan, Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashib, muloqot qilishi an’ana tusini oldi.
Bevosita Prezident tashabbusi va rahbarligida bu boradagi islohotlarni mahalladan boshlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar eng ustuvor vazifalarimizdan biri, aholi turmush farovonligi oshishiga zamon yaratmoqda.
Tantanali marosim avvalida mazkur yo‘nalishdagi erishilayotgan natijalar e’tirof qilindi. Qayd etildiki, Prezidentimiz boshchiliga shiddat bilan amalga oshirilayotgan bu boradagi islohotlar joylarda erishilayotgan natijalarda o‘z aksini topmoqda. Buni “Eng yaxshi tadbirkor” Respublika koʻrik-tanlovi ham yana bir bor ko‘rsatib berdi. Jumladan, tanlovda ishtirok etgan 125 nafar tadborkor faoliyat yo‘nalishlari tahlili mahallalarda ishbilarmonlik muhiti sezilarli ravishda oshganini hamda fuqarolarning bank tizimiga suyanish darajasida ham keskin o‘sish borligini tasdiqlaydi.
O‘z navbatida, tadbirkorlar ham faoliyatini boshlash va yoki kengaytirish orqali davom ettirishga doir loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda avvalo davlatga, so‘ngra bank tizimiga suyanishini e’tirof etmoqdalar.
Ularning orasidan eng iqtidorli va layoqatlilarini tanlab olish, milliy va xalqaro bozordagi qattiq raqobatga qaramasdan, yaratgan mahsulot va xizmatlari bilan o‘z o‘rnini topib borayotgan ishbilarmon yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash ko‘rik-tanlovning bosh maqsadlaridan biri bo‘ldi. Buning uchun tanlov nizomiga muvofiq g‘oliblar uchta nominatsiyada saralab olindi.
Xususan, biznesda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarayotgan, mahallalarda yangi ish joylarini yaratgan ilg‘or tadbirkorlar orasidan Eng yaxshi tadbirkor nominatsiyasi bo‘yicha saralandi. Shu bilan birga, Eng yaxshi yosh tadbirkor hamda Eng yaxshi ayol tadbirkor yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirokchilar maxsus tuzilgan komissiya tomonidan tanlab olindi va g‘olib deb topildi.
Marosimda ular koʻrik-tanlovning Respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari sifatida tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.