Energiya samaradorlik davr talabi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Yashil ” iste’mol kreditlari bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va resurs tejamkor uskunalardan foydalangan holda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarini issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar ijrosi doirasida issiqlik ta’minoti sohasini isloh qilish, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda binolarda energiya yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar belgilangan.
Mazkur moliya muassasi tomonidan ajratiladigan “Yashil ” iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya olish maqsadida yangi tahrirda “Yashil energiya” iste’mol kredit mahsulot pasporti ishlab chiqildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mutaxassislari tomonidan “Yashil Energiya” iste'mol krediti keng miqyosda targ‘ib qilinmoqda.
Jumladan, yakka tartibdagi aholi xonadonlarida energiya samaradorlik haqida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Ularga energiya samaradorlik davr talabi ekanligi va mablag‘larning iqtisod qilinishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi haqida tushuntirishlar berilmoqda. Mazkur kredit mahsulotidan foydalanib o‘z xonadonida energiya samaradorlikka erishgan fuqarolarning turmush tarzi boshqa mahallarda yashovchi aholi vakillariga namuna sifatida ko‘rsatilmoqda.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan "Yashil Energiya" iste'mol krediti bo‘yicha 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida 235 nafar mijozga 6 mlrd 283 millon 490 ming so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan “mutlaq murosasizlik” shakllanmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.