Diqqat, Matbuot anjumani!
2025-yil 19-avgust kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda “Uzagrostar Xolding” kompaniyasi hamkorligida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Anjuman “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining milliy brendini yaratish: eksport salohiyatini oshirishda yangi bosqich” mavzusiga bag‘ishlanadi.
Tadbir soat 11:00 da “Crowne Plaza” mehmonxonasida (manzil: Zulfiyaxonim ko‘chasi, 17-uy) boshlanadi.
Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
“Uzagrostar Xolding” kompaniyasi faoliyati – Xolding va uning muassisligida tashkil etilgan ixtisoslashgan kompaniyalarning qishloq xo‘jaligi sohasida olib borayotgan ishlari taqdim etiladi.
Milliy brend yaratish – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va yagona milliy brend sifatida targ‘ib qilish strategiyalari muhokama qilinadi.
Eksport salohiyatini kengaytirish – Eksport hajmini oshirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sertifikatlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Hamkorlik imkoniyatlari – Bank va xolding o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi, tadbirkorlar uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot beriladi.
Anjuman davomida ishtirokchilar “Uzagrostar Xolding” kompaniyasining innovatsion loyihalari, ishlab chiqarish imkoniyatlari va xalqaro hamkorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur tadbir ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar, soha mutaxassislari hamda tadbirkorlar uchun ochiq bo‘lib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorida munosib o‘rin egallashida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.