Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Chilonzorda innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

11.06.2025
5 min

Chilonzor tumani hokimiligi majlislar zalida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” innovatsion loyihalarining taqdimot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Chilonzоr tuman hokimligi, hokim yordamchilari, mahalla faollari va tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida qayd etildiki, mazkur tadbir yurtimizda tadbirkorlik, xususan kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega. Zero mahalliy tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davomida bu boradagi mavjud imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanishga oid qimmatli takliflar ishlab chiqiladi.

Muloqot davomida kichik biznesni yanada rivojlantirish, ayniqsa ayollar va yoshlar tadbirkorligini ragʻbatlantirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB yurtimizdagi yetakchi moliya muassasalaridan biri sifatida zamonaviy xizmatlarni joriy qilish orqali mijozlar ishonchini qozonishga va moliya bozorida mustahkam oʻrin egallashga intilayotgani va bankning 2024-2026-yillarga moʻljallangan strategiyasini izchillik bilan hayotga tatbiq etib kelayotgani alohida eʼtirof etildi.

Xususan, chakana biznes modelini rivojlantirish va daromadlilik koʻrsatkichlarini oshirishga doir bankning asosiy strategik maqsadlari doirasida keng jamoatchilikka taqdim qilingan “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” innovatsion yechimlari mazkur maqsadga erishishda dadil qadam boʻlmoqda.

Ishtirokchilarga loyihalarning ahamiyati va afzalliklari haqida bankning Chakana biznes departamenti direktori oʻrinbosari N.Xikmetov tomonidan batafsil maʼlumot berildi.

“Mening biznesim” bu oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan noyob raqamli platformadir.

“Mening biznesim” mobil ilovasida qanday imkoniyatlar mavjud?

-  Tadbirkorlik faoliyatini rasman boshlashi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;

-  rasmiy daromadga ega boʻlmagan, oʻz kasbini ustasi boʻlgan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi yoki rivojlantirishi uchun kreditlar olish;

-  tadbirkorlik faoliyati, yaʼni boʻyoqchi, elektrik, tikuvchi, ustachilik, santexnik va boshqa shu kabi oʻz xizmatlarini aholiga onlayn tarzda taklif etish;

-  mehnat stajini rasman yuritish orqali kelajakda ijtimoiy nafaqalarga ega boʻlish kabi muhim imkoniyatlar yaratildi.

Bundan tashqari, barcha mobil ilovalar kabi kunlik ehtiyojlarni qondirish uchun barcha xizmatlar mavjud.

“Mening buyurtmam” loyihasi ham har bir yurtdoshimiz uchun qulayliklar yaratishi bilan alohida ahamiyatga molik.

Zero “Mening buyurtmam” – bu mijozlar va oʻzini oʻzi band qilgan xizmat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi qulay raqamli vositachidir.

“Mening buyurtmam” ilovasi orqali:

-  har qanday xizmat koʻrsatuvchilarni, ustalarni tez va oson topish imkoniyati;

-  oʻz lokatsiyalarini koʻrsatgan holda belgilangan narx asosida identifikatsiyadan oʻtgan ustalarni jalb qilish;

-  ilgari foydalangan isteʼmolchilar tomonidan qoldirilgan izohlar tahlili asosida ustalarni tanlash;

-  jalb qilinayotgan ustalarning reytingini tahlil qilish imkoniyatlari yaratilgan.

Bu ilovada kasblar va sohalar boʻyicha xizmatlar katalogi mavjud va undan 24/7 rejimida foydalanish mumkin. Shuningdek,  xizmatlar uchun buyurtma berish, geolokatsiya asosida eng yaqin xizmat koʻrsatuvchini topish imkoniyatlari mavjud. Foydalanuvchilarga chat orqali tezkor aloqani amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan.

Har bir xizmat koʻrsatuvchi uchun “qayta aloqa” oʻz faoliyatini takomillashtirib borishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur loyiha reyting va fikr-mulohazalar tizimini ham oʻzida mujassam etgan.

Taqdimot marosimida spikerlar tomonidan ishtirokchi va jurnalistlarning mavzuga doir savollariga atroflicha javob berildi. 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.