Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Bu – mening Konstitutsiyam” – kitob savdo koʻrgazmasi

03.12.2024
2 min

Joriy yil 8-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻladi. Biznesni rivojlantirish bankida ushbu sana munosabati bilan “Bu – mening Konstitutsiyam” shiori ostida kitob savdo koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Bank markaziy idorasida tashkil etilgan kitob yarmarkasida huquqiy adabiyotlarga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriridagi oʻzgarishlarning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati haqida oʻzaro fikr almashishdi. Shuningdek, mehmonlar va xodimlar zamonaviy va klassik adabiyotlar bilan tanishib, oʻzlariga yoqqan kitoblarni xarid qilish imkoniga ega boʻldi.

Qayd etish joizki, xodimlarning kitobxonlik saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida bu kabi kitob yarmarkalari oʻtkazish Biznesni rivojlantirish bankida anaʻnaga aylangan.

Maʻlumot uchun, 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-son qaror ijrosini taʻminlash maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida “Kitobsevar millat” loyihasi doirasida kitoblar koʻrgazmasi va yarmarkalari oʻtkazish belgilangan.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.