Brifing: Bank aktivlari 23 foizga koʻpaydi
Joriy yilning 23-iuyn kuni AOKAda Biznesni rivojlantirish banki Axborot xizmati rahbari Sh.Oripov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda “Biznes rentabelligini va aksiyadorlik kapitalni oshirish”ga qaratilgan strategik maqsadga erishish natijalariga alohida urg‘u berildi.
Qayd etildiki, joriy yilning 5 oyi davomida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bankning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlarida salmoqli oʻsish kuzatildi.
Bankning aktivlari joriy yilning 1-iyun holatiga oʻtgan yilning mos sanasiga nisbatan 6,5 trln soʻmga yoki 23 foizga koʻpayib, 35 trln soʻmni tashkil etdi.
Bank tizimida aktivlarning umumiy hajmi 830 trln soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bankning bozordagi ulushi 4,2 foizni tashkil etdi.
Kredit portfeli 2,7 mlrd soʻmga yoki 13 foizga koʻpayib, jami 23,8 trln soʻmni tashkil etdi.
Shundan, 46,7 foizi mikro, kichik va oʻrta biznes va 53,3 foizi chakana biznes ulushiga toʻgʻri keladi.
2025-yilning 5 oyi mobaynida mikro, kichik va oʻrta biznes yoʻnalishida jami 2,4 trln soʻm kredit ajratildi.
Depozitlar qoldigʻi 4,5 trln soʻmga yoki 1,5 barobarga koʻpayib, 13,2 trln soʻmni tashkil etdi.
Bank kapitali 1,2 trln soʻmga yoki 33 foizga koʻpayib, 5 trln soʻmni tashkil etdi.
Bankning jami daromadlari joriy yilning 5 oyi davomida 3,7 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln soʻmga yoki 2,2 barobarga oshdi.
Bankning sof foydasi 266 mlrd soʻmni, kapital rentabelligi 13,1 foizni, Aktivlar rentabelligi 1,9 foizni tashkil qildi.
Moodyʻs Ratings xalqaro reyting agentligi bankning uzoq muddatli depozit reytinglarini B1 darajasida tasdiqladi hamda prognozni “salbiy”dan “barqaror”ga koʻtardi.
Prognozning “barqaror” darajaga koʻtarilishi, bankning umumiy moliyaviy holatida muayyan barqarorlik yaralganini va biznes koʻrsatkichlari ustidan nazorat saqlanayotganini bildiradi.
Bank axborto xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.