"BRB-Zakovat"ning navbatdagi turi Qashqadaryoda oʻtkazildi
Joriy yilning 6-sentabr kuni "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan "BRB-Zakovat" intellektual oʻyinining 6-turi Qashqadaryo viloyatining Miraki qishlogʻida oʻtkazildi.
Musobaqada xodimlar oʻzlarining bilimlari, zukkoligi va tezkorligini namoyish etdilar. "BRB-Zakovat"ning har bir ishtirokchisi jamoaviy ruh va oʻzaro hurmat muhitida bilim olish va tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.
"BRB-Zakovat" intellektual oʻyini "Biznesni rivojlantirish banki"ning korporativ madaniyatini rivojlantirish va xodimlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli dasturning bir qismidir.
"BRB-Zakovat" – bu nafaqat oʻyin, balki BRB xodimlari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratuvchi platformadir.
• Yangi bilimlar olish va mavjudlarini mustahkamlash;
• Mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
• Jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirish;
• Ijodiy va innovatsion gʻoyalarni ilgari surish.
"Biznesni rivojlantirish banki" xodimlarining doimiy ravishda oʻz ustida ishlashi va intellektual salohiyatini rivojlantirishiga katta ahamiyat qaratadi.
"BRB-Zakovat" – bu ushbu maqsadga erishishning samarali vositasi. Bank rahbariyati kelgusida ham bunday tadbirlarni oʻtkazishda davom etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
“Milliy libos – millat iftixori” chellenji davom ettirildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.