"BRB Yosh Iqtidorlari Klubi"ning yopilish marosimi!
Bugun "Biznesni rivojlantirish banki" kelajakka umid bilan boqayotgan, bilimga chanqoq, iqtidorli yoshlari uchun oʻz eshiklarini keng ochmoqda. "BRB Yosh Iqtidorlari Klubi"ning tashkil etilishida ham ayni maqsad mujassam.
Bugun "BRB Yosh Iqtidorlari Klubi"ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda bankning eng isteʼdodli va umidli xodimlari oʻzlarining noyob bilim va tajribalarini namoyish etdi!
Bank rahbariyatining uzoqni koʻzlagan holda qabul qilgan qarori bilan tashkil etilgan ushbu klub, kelajakda bankni boshqarish ishini ishonchli qoʻllarga topshirishga qodir boʻlgan yetuk rahbarlarni tarbiyalashdek ezgu maqsadni koʻzlaydi. Bugun klub ishtirokchilari boʻlgan har bir guruh oʻzlarining innovatsion gʻoyalarga boy loyihalarini taqdim etib, ularni munosib himoya qildi.Mazkur tadbir nafaqat yosh xodimlarning shaxsiy kamolotiga xizmat qiladi, balki bankning kelajagi uchun mustahkam poydevor boʻlib, uning taraqqiyotiga katta hissa qoʻshadi. Bugungi kun bank tarixida yorqin sahifa boʻlib qolishiga ishonamiz!
"Biznesni rivojlantirish banki" yosh avlodga investitsiya kiritish, ularning bilim va salohiyatini qoʻllab-quvvatlash orqali yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshishga doimo tayyor.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.