Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

BRB Tech Ummon kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

19.09.2025
3 min

BRB-TECH Ummon poytaxti Maskatda o‘tkazilgan xalqaro texnologiyalar forumida O‘zbekiston raqamli bank yechimlarini taqdim etdi.

2025-yil 8–11-sentabr kunlari Ummon Sultonligining poytaxti Maskat shahrida yirik xalqaro texnologiyalar forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli anjumanda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning shu‘ba kompaniyasi — BRB-TECH faol ishtirok etdi.

8–11-sentabr kunlari Ummon poytaxti Maskatda bo‘lib o‘tgan yirik xalqaro texnologiyalar forumida "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning sho‘ba kompaniyasi — BRB-TECH ishtirok etdi.

Forum davomida BRB-TECH O‘zbekiston bank tizimidagi ilg‘or raqamli yechimlarni xorijiy hamkorlarga namoyish qildi. Jumladan:

  • “Biznes 24/7” masofaviy bank xizmatlari platformasi – mijozlarga bank xizmatlaridan doimiy va qulay foydalanish imkonini beruvchi innovatsion tizim;

  • “Kredit monitoring va erta ogohlantirish” tizimi – kredit xavflarini boshqarish va mijozlarning moliyaviy intizomini nazorat qilishda zamonaviy yondashuv.

Mazkur yechimlar Sohar International Bank, Ahli Bank va Bank of Muscat kabi Ummonning yetakchi moliya institutlari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Forum doirasida BRB-TECH xalqaro kompaniyalar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, PhazeRo va Al Jabr bilan muzokaralarda mahsulotlarni targ‘ib qilish, potensial hamkorlik imkoniyatlari hamda Ummon bozoriga chiqish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, BRB-TECH kompaniyasi GITEX GLOBAL 2025 — dunyodagi eng yirik texnologiya, sun’iy intellekt va startaplar ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun taklif ham oldi. Bu esa BRB-TECH uchun xalqaro miqyosda keng imkoniyatlar eshigini ochib, O‘zbekiston innovatsion texnologiyalarining global tanilishida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

BRB-TECHning ushbu xalqaro forumdagi ishtiroki nafaqat kompaniyaning xalqaro nufuzini oshirish, balki O‘zbekiston bank tizimining ilg‘or raqamli yechimlarini keng miqyosda targ‘ib etishga xizmat qildi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.