Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

"BRB-TECH" kompaniyasi vakillari xalqaro sammitda ishtirok etdi

13.05.2025
3 min

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Dubai Fintech Summit - 2025” sammiti bo‘lib o‘tdi. Raqamli moliya, sun’iy intellekt, blokcheyn va moliyaviy innovatsiyalar bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislarini o‘zida birlashtiruvchi mazkur sammit sohadagi xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan eng nufuzli tadbirlar sirasiga kiradi.

E’tiborlisi, bu yilgi tadbirda "Biznesni rivojlantirishchbanki"ning" BRB-TECH" IT- kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Sammit doirasida “Alibaba Cloud” va Birlashgan Arab Amirliklari Markaziy Banki (CBUAE) kabi yirik muassasalar bilan Sun’iy intellekt (AI), Fintech va Raqamli Pul (Digital Money) yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan dastlabki muzokaralar o‘tkazildi.

Bu safar  "BRB-TECH" jamoasi  uchun xalqaro maydonda o‘z imkoniyatlarini kengaytirish, hamkorlik tarmog‘ini mustahkamlash va O‘zbekiston fintech ekotizimini ilgari surishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Mazkur xalqaro tadbir yanada kuchliroq integratsiya, innovatsion yechimlar va mintaqaviy yetakchilik sari yo‘l ochgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Ma’lumot uchun, "Dubai Fintech Summit 2025"  moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha global hamkorlik maydoni bo‘lib, DIFC (Dubai International Financial Centre) tashabbusi bilan tashkil etildi.

Bu yilgi tadbirlar 150 dan ortiq global spikerlar – fintech, bank va regulyator sohalaridan bo‘lgan 10 mingdan ortiq ishtirokchiini o‘zida birlashtirdi. Sammit 100 dan ortiq davlatlar vakillarini qamrab olganini ham alohida e’tirof etish joiz.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur sammit butun dunyo bo‘ylab fintech yo‘nalishida hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, innovatsiyalarni tatbiq etish va raqamli transformatsiyani jadallashtirish uchun muhim platformaga aylandi.

 Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.