BRB-TECH Expand North Star / GITEX Global 2025 ko‘rgazmasida
BRB-TECH kompaniyasi — “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning sho‘ba korxonasi sifatida — dunyodagi eng yirik texnologiyalar, startaplar va investitsiyalar bo‘yicha tadbirlaridan biri bo‘lgan Expand North Star / GITEX Global 2025 ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
2025-yil 12-17 oktabr kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan mazkur xalqaro ko‘rgazma 100 dan ortiq davlatlar, investorlar va innovatsion kompaniyalarni birlashtirdi. BRB-TECH jamoasi bank sektorida raqamli transformatsiya, fintex integratsiyalar va ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalar yo‘nalishidagi o‘z IT-yechimlarini namoyish etdi.
Ishtirok natijalari:
l kompaniya bir nechta xalqaro investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi va ularning loyihalarga bo‘lgan qiziqishini bildi;
l potensial texnologik hamkorlar bilan integratsiya bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi;
Ko‘rgazma davomida BRB-TECH bosh direktori O‘zbekiston 24 telekanali va mahalliy OAVga intervyu berib, tadbir haqidagi taassurotlari hamda O‘zbekiston texnologiyalarining xalqaro bozordagi istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Ko‘rgazma doirasida IT Park Uzbekistan, Astana Hub va DIFC hamkorligida tashkil etilgan Central Asian Innovation Hub ochilishi ham muhim voqea bo‘ldi.
BRB-TECH ushbu markazning dastlabki akseleratsiya dasturida ishtirok etayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib, bu tashabbus orqali O‘zbekistonda ishlab chiqilgan IT-yechimlarni Birlashgan Arab Amirliklari bozoriga olib chiqish, yangi investorlarni topish va hamkorlikni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
BRB-TECH — “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning sho‘ba kompaniyasi bo‘lib, bank sohasi, korporativ mijozlar va davlat tashkilotlari uchun raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va eksportga yo‘naltirilgan IT-yechimlar sohasida faol ishlamoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Bankimiz jamoasi “Cyberkent 3.0” musobaqasida munosib ishtirok etdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.