“BRB Nafis ayollari klubi” 2-fasl: nafosat, mahorat va amaliyot
Joriy yilning 5-aprel kuni Xorazm viloyatining qadimiy va goʻzal shahri Xivada "BRB Nafis ayollari klubi"ning II fasli yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ayollar salohiyatini rivojlantirish, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan ushbu loyiha ishtirokchilarga yangi bilimlar, motivatsiya va ilhom bagʻishladi.
6 oy davom etgan ikkinchi mavsumda Bosh bank va hududiy filiallardan 52 nafar xotin-qiz ishtirok etdi. Dastur doirasida Hard va Soft skills bo‘yicha nazariy va amaliy treninglar o‘tkazildi. Klub aʼzolari "Nafis ayollar" loyihasining 2-faslini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarga ega boʻldilar.
Tadbirga jalb qilingan muvaffaqiyatli ayol rahbarlar, psixolog va motivatorlar hayotiy tajribalarini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi.
Taʼkidlash joizki, bu oʻqish jarayoni oson kechmadi. Ammo aynan shu murakkab va mazmunli jarayon orqali ular juda tez surʼatda rivojlandilar. Kitobxonlik tanlovlari orqali ishtirokchilarning fikrlash qobiliyati va o‘ziga ishonchi mustahkamlandi. G‘oliblar esa munosib rag‘batlantirildi.
Loyiha davomida qatnashchilar psixologiya, moliyaviy savodxonlik, biznes asoslari, oilaviy munosabatlar va shaxsiy rivojlanish kabi yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalarini oshirishga muvaffaq boʻldilar. Ushbu oʻzgarishlar va oʻsishni nafaqat ularning oʻzlari, balki oila aʼzolari, doʻstlari va dugonalari ham yaqqol his qildilar.
“BRB Nafis ayollari klubi” rivojlanish, oʻqish, oʻz ustida ishlash – bu nafaqat majburiyat, balki hayot tarziga, hayot maktabiga aylandi. "Nafis ayollar" loyihasi ishtirokchilar hayotida yangi sahifa ochdi. Ularning oldida yanada ulkan maqsadlar, gʻalabalar va ilhomli yoʻllar bor! "Biznesni rivojlantirish banki" "Nafis ayollar klubi"ning barcha aʼzolariga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi va ularni doimo qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildiradi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.