“BRB Nafis ayollar” klubi – 3-mavsum yopilish marosimi
Bank tizimida gender tenglikni mustahkamlash, rahbar ayollar safini kengaytirish hamda xotin-qizlarning liderlik, boshqaruv va shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan “BRB Nafis ayollar” klubining 3-mavsum yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim doirasida professor Alisher Faizullaev ishtirok etdi seminar-trening o‘tkazildi. U siyosiy fanlar doktori (D.Sc.), psixologiya bo‘yicha Ph.D., tajribali diplomat va muzokaralar bo‘yicha trener sifatida ishtirokchilarga zamonaviy liderlik, strategik fikrlash va samarali muloqot bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida klub a’zolarining erishgan natijalari sarhisob qilinib, ularning kasbiy va shaxsiy o‘sish yo‘lidagi muvaffaqiyatlari e’tirof etildi.
“BRB Nafis ayollar” — bu nafaqat loyiha, balki kuchli ayollar hamjamiyati, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar maydonidir.
Barcha yangiliklar
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Samarqandda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.