Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB Faktoring tashkiloti yangi binoda faoliyat boshladi

15.01.2026
2 min

Joriy yilning 15-yanvar kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tashkil etilgan “BRB Faktoring” tashkilotining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda bank rahbariyati, tashkilot derktori hamda xodimlari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–109-sonli Farmoni hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvining tegishli qarori asosida tashkil etilgan.

Ushbu faktoring tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaroriga muvofiq faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reestriga kiritilgan. Tashkilotning ustav jamgʻarmasi 5 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlangan Ustavga asosan “BRB Faktoring” quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi: faktoring xizmatlarini koʻrsatish, konsalting va axborot xizmatlari, yosh mutaxassislarni tayyorlash va jalb etish, xalqaro faktoring xizmatlarini amalga oshirish, faoliyat jarayonlarini raqamlashtirish va texnik qoʻllab-quvvatlash, norezident kontragentlar bilan xorijiy valyutada faktoring operatsiyalarini bajarish, shuningdek, refaktoring amaliyotlarini amalga oshirish.

Tashkilot Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Sarxumdon MFY, Laylitoʻgʻon koʻchasi, 266a-uyda faoliyat boshlagan mazkur faktoring tashkilotida 20dan ortiq ish o‘rni yaratildi.

“BRB Faktoring” tashkilotining ish boshlashi mamlakatimizda faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va zamonaviy moliyaviy xizmatlar koʻlamini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.