“BRB doʻstlari klubi” doirasida taqdimotlar oʻtkazildi
Joriy yilning 18-mart kuni “BRB doʻstlari klubi” loyihasi doirasida OAV va faol jamoatchilik vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan muloqotda bankda komplayens-nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashish va tomorqa biznesini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham axborot berildi.
Jumladan, Komplaens nazorati departamenti direktori Jamol Yusupov “2024-yilda bankda korrupsiyaga qarshi kurash tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha qilingan ishlar va kelgusi rejalar” mavzusida maʼruza qildi. Taqdimotda bankning Komplaens-nazorat tuzilmasi transformatsiyasi yoritildi. Qayd etilganidek, mazkur ishlar natijasida xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan xodimlar 37 foizga yetdi. Optimallashtirish darajasi esa 15 fozini tashkil etdi.
Shuningdek, Biznes-jarayonlar komplayensi: Compliance сontrol tizimi, firibgarlik amaliyotlari monitoringi va nazorati, identifikatsiya va tranzaksion nazorat, sanksiyaviy komplaens boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, korrupsiyani oldini olish maqsadida olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari va natijalari aniq misollar orqali tushuntirildi.
Muloqot davomida Tomorqa biznesini rivojlantirish departamenti bosh menejeri Erkin Atabayev davlatimiz rahbarining joriy yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oʻzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi borasidagi amaliy saʼy-harakatlar haqida chiqish qildi.
Taqdimotda Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha Kengash, “Oʻzagrostar xolding” MCHJ va uning tarkibida Yangiyoʻl, Qoʻshrabot, Quva, Beruniy, Bulungʻur va Oltiariq tumanlarida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vazifalari haqida batafsil axborot berildi.
Xususan, Kengash tomonidan agrar sohada hosildorlikni oshirishda chet el tajribasini oʻrganish, jarayonlarni raqamlashtirish, yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va maʼlumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish boʻyicha yagona xizmat koʻrsatish va monitoring qilish platformasini ishga tushirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yoritildi.
Taqdimotlar muloqot ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Diqqat, Matbuot anjumani!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.