Yangi bank xizmatlari markazlari ochildi
“Biznesni rivojlantirish banki" ATB moliyaviy xizmatlar bozoridagi kuchli raqobat sharoitiga faol moslashuv orqali o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. Mijozlarga taklif etilayotgan zamonaviy va qulay xizmatlar, soddalashtirilgan kredit amaliyoti, yuqori daromadli omonatlar, hisob raqamlarni ishonchli boshqarish bankning barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda.
Bugungi kunda bankda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 15 ta standart ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan. Eng muhimi, bank Xizmat ko‘rsatish ofislari va Bank xizmatlari markazlari faoliyati mijozlarga yo‘naltirilganlik modeli asosida tashkil etilmoqda.
Hozirda "Biznesni rivojlantirish banki" tuzilmalari orqali respublika miqyosida 1,6 mln. nafardan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu kunlarda bank xizmatlari markazlari yana ikkitaga ko‘paydi.
Gʻazalkent shahri va Sho‘rchi tumanida faoliyat boshlagan mazkur markazlarda mahalliy aholi va tadbirkorlar uchun innovasion yechimlar va qulay shartlar asosida xizmatlar ko‘rsatila boshlandi.
Endilikda mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish uchun viloyat markaziga borishi shart emas. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun valyuta ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalari, kredit yoki mikroqarz olish, biznes vakillariga hisob raqam ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar shu yerning o‘zida ko‘rsatiladi.
"Biznesni rivojlantirish banki" har doim mijozlarga yaqin bo‘lishga va ularning ehtiyojlarini tez va samarali hal etishga intiladi!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.