Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Biznesni rivojlantirish bankida ochiq eshiklar kuni

04.12.2024
4 min

2024-yil 4-dekabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Sergeli bank xizmatlari markazida (BXM) “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlab “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Unda Bank Boshqaruvi rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, bank mijozlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

Dastlab Bank tarmoqlarini rivojlantirish va mahsulotlarni sotish departamenti direktori U.Muhammadiyev mehmonlarni Sergeli BXM faoliyati bilan tanishtirdi.

Tadbir davomida bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasi boshlig‘i A.Tashkulov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

Korrupsiyaning jamiyatdagi sog‘lom qadriyatlarga, jamoadagi ishchanlik muhitiga va tashkilotning mijozlar oldidagi imijiga salbiy ta’siri haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Qayd etildiki, bankda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mutasaddi davlat organlari bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.

Xususan, hozirda 2 733 nafar xodim Huquqni muxofaza qilish akademiyasi platformasida o‘qitilmoqda. Bundan tashqari, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminarlarida barcha xodimlar ishtirok etdi.

Bank tizimida amalga oshirilgan samarali chiora-tadbirlar natijasida Bosh bank, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va Yakkasaroy BXO ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, “CERT academy”da korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kursida o‘qitilgan yuqori lavozimdagi 23 nafar xodimga ham ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi xalqaro sertifikati berildi. Bundan tashqari, Komplaens nazorati departamentining 18 nafar xodimida ham ISO 37001:2016 sertifikatlari mavjud.

Shundan so‘ng, Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi vakili R.Yo‘ldoshev sohada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida Axborot xizmati boshlig‘I Sh.Oripov tashkilot faoliyatining ochiqligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ochiq eshiklar kuni so‘nggida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.