Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Biznesni rivojlantirish bankida Navroʻz shukuhi!

17.03.2025
2 min

Bahorning ilk nafasi ufurib turgan ushbu goʻzal kunlarda “Biznesni rivojlantirish banki” jamoasi Navroʻz bayramini katta shodiyona bilan nishonlamoqda.

Bugun bankning har bir goʻshasida haqiqiy bahoriy kayfiyat hukm surmoqda. Xonalar gullarga burkangan, xodimlar esa milliy liboslarda oʻzlarining betakror goʻzalliklarini namoyon etmoqdalar.

Dasturxonlar sumalak, halim, koʻk somsa kabi Navroʻzning anʼanaviy taomlari bilan bezatilgan. Atrof kulgu, dilrabo kuy-qoʻshiqlar va shodon ovozlar bilan toʻlib toshgan.

Navroʻzning sehrli ruhi har bir burchakda yaqqol sezilib turadi. Kimdir milliy liboslar koʻrgazmasiga maftun boʻlib, ularning naqshlariga tikilib qolgan boʻlsa, boshqalar Navroʻz ramzlari tushirilgan bezaklar oldida esdalik uchun suratga tushishga oshiqmoqdalar. Uchinchi bir guruh xodimlar esa bahorning tarovatini aks ettiruvchi sheʼrlarni yoddan aytib, oʻzlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etmoqdalar.

 Navroʻz bayrami nafaqat shodiyona va xursandchilik, balki oʻzaro mehr-oqibat, hamjihatlik va birdamlik ramzidir. Bankimiz jamoasi ushbu bayramni birgalikda nishonlash orqali oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlab, kelgusida yuksak marralarni zabt etishga ahd qildilar. Zero, ahillik va birdamlik – barcha yutuqlarning asosiy garovidir.
“Biznesni rivojlantirish banki” jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Navroʻz bayrami bilan muborakbod etadi! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz toʻkin-sochin boʻlsin! Har bir xonadonga baxt, omad va fayz-baraka tilaymiz! Navroʻz – yangilanish, yasharish va ezgulik ayyomi muborak boʻlsin!

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.