Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Biznesni rivojlantirish banki xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi

12.12.2024
2 min

Toshkent shahrida Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) tashkilotining yangi a’zolarini taqdirlash va tashkilotning 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti direktori o‘rinbosari  Sarvar Safarov ACCAning xalqaro buxgalteriya, moliya, audit va soliq fanlariga asoslangan barcha (13 ta) imtihonlarini ingliz tilida muvaffaqiyatli topshirganligi va ACCA tashkilotiga a’zo bo‘lganligi munosabati bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, ACCA moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi mutaxassislarni birlashtirgan Britaniya buxgalterlar assotsiatsiyasi hisoblanadi.
ACCA eng nufuzli va mukammal imtihonlardan iborat, shaxsning professional bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikatlardan biri hisoblanadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.