Biznesni rivojlantirish banki transformatsiya jarayonlarida KAIZEN tamoyili joriy etilmoqda
Biznesni rivojlantirish banki ichki jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirish va optimallashtirishga qaratilgan muhim “KAIZEN” loyihasini amalga oshirishga kirishdi.
Ushbu loyiha kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishining samaradorligi va sifatini yaxshilash uchun kuchli vosita bo‘ladi.
Loyiha Nurafshon bank xizmatlari ofisida bankning TOP menejerlari va “CI Consult” konsalting kompaniyasi ekspertlari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning maqsadi KAIZEN tamoyili asosida bankning kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ish muhitini doimiy takomillashtirishga erishishga qaratilgan.
Bunda bank mahsulotlari va xizmatlari bilan bog‘liq vazifalarni samarali bajarishga xalaqit beradigan to‘siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshiradigan yangi yondashuvlar va texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor beriladi.
Loyihadan kutilayotgan natija, kichik va o‘rta biznes yo‘nalishidagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, biznes menejerlarning kasbiy o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda jamoa ruhini va umumiy muvaffaqiyat uchun mas’uliyat hissini kuchaytirishdan iborat.
Shu bilan birga, ish oqimlarini optimallashtirish, vaqt xarajatlarini kamaytirish va mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqishini oshirish rejalashtirilgan.
Barcha yangiliklar

DIQQAT, BRIFING!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.