“Biznesni rivojlantirish banki” sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda faol
Sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi navbatdagi ommaviy sport tadbirida faol ishtirok etdi.
Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda kuch tuzilmalari o‘rtasida shosse yugurish bo‘yicha mamlakat chempionati doirasida tashkil etilgan “Men G‘olib Run” ommaviy yugurish musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada “Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari ham faol qatnashib, 3 km va 10 km masofalarda yugurish orqali o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, irodasi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.
Bank jamoasi uchun sport sog‘lom hayot tarzi, jamoaviylik, intizom hamda yuqori natijalarga intilishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida ham bunday ommaviy sport tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash va ularda faol ishtirok etishni davom ettiradi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Milliy matbuot markazida brifing o‘tkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.