Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Mijozlar uchun biznes-tushlik tashkil qilindi

10.02.2025
3 min

Poytaxtdagi “Hilton” mehmonxonasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan bank va mijozlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash, bank mahsulotlari jozibadorligini yanada oshirish maqsadida biznes tushlik  tashkil etildi.

Mazkur tadbirga mamlakatimizdagi yirik kompaniyalar, jumladan, bank mijozlari bo‘lgan “Uzbekistan GTL”, “ADM Jizzax”, “Arimex”, “Rimpex Polimer”, “Petrowool”, “Akfa Group”, “Oqsaroy Tekstil” kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilar va investorlar taklif etildi.

Muloqot davomida ishtirokchilarga bankning uzoq yillik rivojlanish bosqichlari, tadbirkorlar uchun mavjud kredit mahsulotlari, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi loyihalar, tranzaksion banking xizmatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Biznes-tushlik tadbirkorlar va bank mutaxassislari o‘rtasida o‘ziga xos ochiq muloqot maydoni bo‘ldi. Unda “Biznesni rivojlantirish banki”ning kredit mahsulotlari va moliyalashtirish dasturlaridan foydalanish shartlari, yirik loyihalar uchun investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va biznesni rivojlantirish, “yashil iqtisodiyot” doirasidagi moliyalashtirish imkoniyatlari, bank va yirik tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash mavzularida fikr almashildi.

Taklif etilayotgan xizmat va mahsulotlarning jozibadorligini yanada oshirish, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda mijozlar talablariga ustuvorlik berilishi qayd etildi.

Ishchanlik ruhida o‘tgan  muloqot davomida  istiqbolli  loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doir g‘oyalar va takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bankning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan siyosati hamda taklif etilayotgan moliyaviy yechimlarni ijobiy baholadilar.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida ham tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida mijozlar bilan doimiy muloqotni tashkil etishga  va mijozlarga yangi imkoniyatlar yaratishga intiladi.

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.