Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Biznesni rivojlantirish banki Londonda muhim kelishuvga erishdi

15.05.2025
3 min

Buyuk Britaniyanig London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 34-yillik anjumani doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Buyuk Britaniyaning Standard Chartered banki bilan 50 million AQSh dollari miqdorida kelishuv imzoladi.

Ushbu kelishuv ikki bank o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va strategik hamkorlik bobida muhim qadam bo‘ldi. Zotan mazkur kelishuv mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, savdo moliyasi yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etishdek dolzarb islohotlarga hamohangdir. O‘z navbatida, kelishuv doirasida bank xodimlari uchun institutsional salohiyatni oshirish, bilim va tajriba almashish orqali malaka oshirish dasturlarini hayotga tatbiq etish kabi muhim vazifalarni ham o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, Standard Chartered Bank — Buyuk Britaniyada joylashgan, 60 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadigan yirik xalqaro moliya institutidir. 2024 yil yakuniga ko‘ra, bankning aktivlari 820 milliard dollarga, sof foydasi esa 5,1 milliard dollarga yetdi. Faoliyatida Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdagi korporativ bank xizmatlari, savdo moliyasi va investitsiya yechimlarini qamrab oladi. Bank barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab, Yevropa tiklatish va taraqqiet banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon banki guruhiga kiruvchi Ko‘p tomonlama sarmoyalarni kafolatlash agentligi (MIGA)  kabi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi.

 

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.