Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“Biznesni rivojlantirish banki” - kichik biznesning ishonchli hamkori

10.12.2024
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2024-2026-yillarda bankka:

  • kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan  kreditlar qoldigʻini 1,7 baravarga oshirish orqali kredit portfelidagi ulushini 28 foizdan 43 foizga yetkazish;

  • 150 mingta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish;

  • kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jami 800 million AQSH dollari miqdorigacha miqdorda resurslar jalb qilish vazifasi yuklatilgan.

“Biznesni rivojlantirish banki” ana shu maqsadlarni hayotga izchil tatbiq etish uchun kichik va oʻrta biznes korxonalarini faol moliyaviy qoʻllab-quvvatlamoqda. 2024-yilning 10 oyida bank tadbirkorlik subyektlariga 4 trln. soʻmga yaqin kreditlar ajratdi.

“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida bank tomonidan 1,7 trln. soʻmdan ortiq kredit ajratildi.  Xususan:

  • oʻrta biznes vakillariga 371,7 mlrd. soʻm;

  • kichik biznesga 612,9 mlrd. soʻm;

  • mikro biznesga 1 trln. 824 mlrd soʻm kredit ajratilgan.

Shuningdek, bank tomonidan tarmoqlar kesimida kreditlar quyidagi miqdorlarda yoʻnaltirilgan:

  • sanoatga 941,2 mlrd. soʻm,

  • qishloq xoʻjaligiga 339,6 mlrd. soʻm,

  • qurilishga 495,8 mlrd. soʻm,

  • savdo va umumiy ovqatlanishga 857,5 mlrd. soʻm,

  • transport va kommunikatsiyaga 63,2 mlrd. soʻm.

Bundan tashqari, boshqa sohalar uchun yana 1,2 trln. soʻm kredit taqdim etilgan.

Kelgusida ham kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash “Biznesni rivojlantirish banki”ning eng ustuvor yoʻnalishi boʻlib qoladi. Bank bundan buyon ham yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va jahon isteʼmol bozorida raqobatbardosh eksportni taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.