Biznesni rivojlantirish banki kiberxavfsizlikda peshqadamlar safida
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati 2025-yil 1-yarim yillikning yakuniy natijalari bo‘yicha reyting baholash o‘tkazildi.
Ushbu reytingda "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tijorat banklari orasida 2-oʻrinni egalladi. Markaz tomonidan e’lon qilingan umumiy reytingda esa 7-oʻrindan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz oʻtgan yilgi natijalarga koʻra bank axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati bo‘yicha 44-oʻrinni egallagan edi. Bank Boshqaruvi tomonidan belgilangan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta'minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan choralar-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi natijasida joriy yilda sezilarli darajada yuqorilashga erishildi.
Bu – “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlashga boʻlgan doimiy eʼtibori va investitsiyasining natijasidir.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mijozlarining maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishda davom etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.